Xorxe Sampaoli shogirdlari turnirning 4 o‘yinida gol ura olmayapti, ular bu o‘yinlarda yo‘llagan 73 zarbaning birontasi golga aylanmagan (21ta zarba – darvozaga aniq borgandi). Oldingi turda Venesuela bilan o‘yinda (1:1) raqiblar futbolchisi avtogol muallifi bo‘lgandi.
Argentina oxirgi marta 25 mart kuni Chili darvozasini ishg‘ol qilgandi, o‘shanda Lionel Messi jamoaga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgandi.
Keyin Argentina Boliviya bilan o‘yinda yutqazdi (0:2), Urugvay bilan durang o‘ynadi (0:0).











