13:49 / 06.10.2017
14547

Atamboyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan prezident Almazbek Atamboyev bugun Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. 

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekiston va  Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. 

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

Top