Foto: Maxsus bort Vladimirga uchib ketdi
O‘zbekiston hukumati Rossiyaning Vladimir viloyatida 6 oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini va omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga keltirish uchun maxsus bort yubordi.
Ayni vaqtda baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketgan.

«Davlatimiz ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va yurtimizga olib kelish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi. Guruh O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bosh direktori Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta'minlangan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatayotgan Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarning holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha o‘zaro ma'lumot almashib turibdi», deya ma'lumot bergan «Kun.uz»ga Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmalaridan birida 6 oktabr kuni avtobus va poyezd to‘qnashuvi yuz berdi. Avtobusda 58 kishi bo‘lgan, shundan 56 nafari O‘zbekiston fuqarolari. To‘qnashuv oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 21 kishi halok bo‘lgan, shundan 19 nafari o‘zbekistonlik. Shuningdek, yana ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusdan chiqishga ulgurganlar omon qolgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024