Maxsus bort Termizga qo‘nadi, Vladimirdagi fojiada halok bo‘lganlarning aksari surxondaryoliklar

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
6 oktabr tongida Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi aeroportga qo‘nadi. Bu haqda «Kun» manbasi xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobusda bo‘lganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.
Bundan oldinroq fojiadan omon qolgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati ma'lum bo‘lgandi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojia oqibatida halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish ustida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida avtobusda bo‘lgan 56 nafar o‘zbekistonlikdan 15 nafari halok bo‘lgan.
O‘zbekistonlik shifokorlar jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga uchib ketgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi
Jahon | 18:34
-
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi
Jahon | 18:12
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024