08:35 / 06.10.2017
22564

Milliy bankning Ustav fondi miqdori ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni chiqardi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki moliyaviy barqarorligini ta'minlash, kapitallashtirish darajasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank tomonidan 2017 yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish bo‘yicha Dasturni moliyalashtirish bo‘yicha vazifalarni bajarishni ta'minlash maqsadida Milliy bankning Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 21 yanvardagi 45-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq kiritildi.

Milliy bankka qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda bank Ustavidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Markaziy bankdan ro‘yxatdan o‘tkazishni ta'minlash vazifasi topshirildi.

Bank Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan biriga ko‘ra, Ustavning 13-bandi quyidagi tahrirda keltirilgan: 

“13. Bank Ustav fondi 236 210 000 000,00 (ikki yuz o‘ttiz olti milliard ikki yuz o‘n million) so‘m va 451 000 000,00 (to‘rt yuz ellik bir million) AQSh dollari ustav fondini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan to‘langan, hamda Bankning kapitallashtirilgan daromadlaridan mablag‘lar kiritish kunidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha teng so‘m”.

Hujjat 04.10.2017 yilda kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top