18:50 / 06.10.2017
14069

Moskva yaqinida avtobus ag‘darilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: Rossiya FVV

Moskva viloyati hududida, Kolomenskiy tumanida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, hodisa oqibatida 15 kishi jarohatlangan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top