11:20 / 06.10.2017
14175

OAV: Peddok boshqa hujumlar ham rejalashtirgandi

Foot: Daily Mail

1 oktabr kuni Las-Vegasdagi musiqa festivalida 58 kishini otib tashlagan Stiven Peddok yana bir necha hujumlar uyushtirishni, jumladan avtomobilni portlatishni reja qilgandi. Bu haqda Associated Press agentligi mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq mahalliy nashrlar Peddok boshqa musiqa festivallari - Chikagodagi Lollapalooza Chikago va Las-Vegasdagi Life is Beautiful festivallarida ham o‘ziga nomer buyurtma bergani haqida xabarlar tarqatgandi. Ammo hukumat bu ma'lumotlarni rad etdi.

Fojia ro‘y berishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan IShID Peddokni o‘z askari deb e'lon qilgan va hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgandi. Ammo FQB Peddokning diniy ekstremistlarga aloqadorligini rad etdi.

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Mavzuga oid
Top