Sport | 16:30 / 06.10.2017
6240
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman. Inesta faoliyatining oxirigacha «Barselona»da qoladi

«Barselona» rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, klub Andres Inesta bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishgan.

Bugun, 6 oktabr kuni «Kamp Nou»da u bilan faoliyatining oxirigacha amalda bo‘ladigan yangi shartnomani imzolash marosimi o‘tkaziladi.

Ushbu futbolchi katalonlar klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2002 yil debyut qilgan va 639 uchrashuv o‘tkazgan. Uning hisobida «Barselona» uchun urilgan 55 gol bor, u shuningdek, 136 golga uzatma bergan. 

33 yoshli bu havbekning amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgandi.

Mavzuga oid