Shifokorlar propiska bo‘yicha qishloq joylarga taqsimlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 769-son «Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Norma.uz saytida qarorga sharh keltirilgan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Bakalavriatning alohida ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- tibbiyot oliy ta'limining («Sog‘liqni saqlash» ta'lim sohasi) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari tuzilmasi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va talabalarga filialda ta'lim olayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishini yakunlash imkonini berish haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Nizom joriy o‘quv yili bitiruvidan boshlab, bitiruvchilar keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy ishlab berishi uchun qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga taqsimlanishini (QVP va OP) belgilaydi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining QVP va OPda majburiy ishlab berish uchun bitiruvchilar taqsimlanadigan bakalavriat yo‘nalishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati — 3 yil (36 oy).
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida vazirlikning mas'ul xodimlari, sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organlari, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlari rahbarlaridan iborat Komissiya tashkil etiladi.
Bitiruvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan taqdim etilagan shifokor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida buyurtmanomalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadi.
Bitiruvchilarning majburiy ishlab berishining aniq muddatlari, joyi va shartlari, shuningdek ularning majburiyatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi, tibbiyot oliy ta'lim muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda bitiruvchi o‘rtasida 4 nusxada tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Tuzilgan shartnoma asosida tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilar uchun yo‘llanmalarni respublika hududi va QVP yoki OPni aniq ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
Ish beruvchi
Ish beruvchi shartnoma va ishga yo‘llanmaga muvofiq bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzadi, ishga kelgani va joylashgani haqidagi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatni to‘ldiradi. Hujjat keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli tibbiyot oliy ta'lim muassasasiga taqdim etish uchun 10 kun muddatda sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organiga yuboriladi.
Bunda tanlov asosida qabul qilinadigan lavozimlarga majburiy ishlab berish uchun yuborilgan bitiruvchilar tanlovsiz qabul qilinadi.
3 yillik majburiy ishlab berish muddatiga mehnat ta'tilida bo‘lish muddati kiradi, ammo ijtimoiy mehnat ta'tili muddati kiritilmaydi.
Bitiruvchining majburiy ishlab berish joyida belgilangan muddat tugagandan so‘ng ishni davom ettirishi haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Bitiruvchi
Bitiruvchilar o‘qishni tamomlaganidan so‘ng shartnomada ko‘rsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi kerak.
Majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchining ishlab berish joyini o‘zgartirishi uchun jiddiy sabablar yuzaga kelsa (turmush qursa, doimiy yashash uchun boshqa hududga ko‘chib o‘tsa), bitiruvchi majburiy ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun albatta tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda Komissiyaga murojaat qilishi mumkin. Komissiya 15 kun ichida bitiruvchining murojaati va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bitiruvchi uchun boshqa majburiy ishlab berish joyini belgilaydi.
Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortgan hollarda Davlat byudjyetiga tibbiyot oliy ta'lim muassasasi tomonidan talaba o‘qishni bitirgani haqida tegishli buyruqni chiqargan paytda amalda bo‘lgan EKIHning 400 baravari miqdorida kompensatsiya to‘laydi (amaldagi miqdor bo‘yicha – 59 910 000 so‘m). Qisman ishlab berib keyin ishlashni rad etsa, Davlat byudjyetiga ishlab berilgan muddatni hisobga olib, mutanosib miqdorda kompensatsiya to‘lashi kerak. Hisob-kitob qilishda majburiy ishlab berish muddatlarining faqat to‘liq oylari hisobga olinadi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasasi bitiruvchiga diplomning asl nusxasini u majburiy ishlab berish muddatini tamomlaganidan so‘ng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi majburiy ishlab bergan muassasaning yozma tasdig‘i asosida beradi. Ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchilarga tibbiyot oliy ta'lim muassasasi oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasini ular kompensatsiyani to‘liq miqdorda to‘lagandan so‘ng beradi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan, biroq o‘qish davrida (talabalar safidan chiqarilgandan so‘ng qayta tiklangan, o‘z xohishiga ko‘ra boshqa tibbiyot oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirilgan) ta'limning to‘lov-kontrakt shakliga o‘tkazilgan talabalar ham o‘qishni tamomlagach, majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilindi va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bog‘langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Zumrad Niyazmetova, advokat
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

17:29 / 14.04.2025
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi

22:59 / 07.04.2025