22:30 / 06.10.2017
34038

Sobiq mudofaa vazirining o‘g‘li mudofaa vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

FOTO LADA.KZ

Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Okas Saparovni lavozimidan ozod qildi, deb xabar qilmoqda NUR.KZ sayti. 

“Davlat rahbarining qarori bilan Saparov Okas Qozog‘iston respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 

Prezident Nazarboyev qarori bilan Muslim Oltinboyev mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U bungacha egallab turgan Qozog‘iston harbiy xavfsizlik va xavfsizlik kengashi mudofaasi bo‘limi mudiri lavozimidan ozod etilgan", - deyiladi Oq O‘rda xabarida.

Mavzuga oid
Top