Haydovchilarning diqqatini ko‘proq talab qiladigan avtomobillar nomi ma'lum qilindi

Yo‘l harakati xavfsizligi fondi (AAA Foundation for Traffic Safety) ekspertlari tadqiqot o‘tkazib, zamonaviy multimedia tizimlari qanchaalik e'tiborni chalg‘ituvchi ekanini va rulni boshqarayotganda qilish mumkin bo‘lmagan harakatlarni aniqlashdi.
Tadqiqotda 30 model (Audi Q7, Cadillac XT5, Ford F-250, Infiniti Q50, Mazda3, Honda Civic va b.) hamda 24 haydovchi ishtirok etdi. Ular soatiga 40 km tezlikda multimedia tizimlarining funksiyalaridan foydalanishgan.
Bunda axborot-ko‘ngilochar tizimning eng halaqit bermaydigani audioni sozlash bo‘ldi: tovushni balandligini o‘zgartirish yoki radio to‘lqinini sozlash. Bu harakatlar odatiy bo‘lib, uning uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi. Ikkinchi o‘rinda telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS ekani aniqlandi.
Hammasidan ham yo‘lda avtomobil boshqarib ketayotgan haydovchilarni navigatsiya tizimi ko‘proq chalg‘itadi. Undan foydalanish, ayniqsa manzilni kiritish yuqori darajada e'tiborli bo‘lishni talab etadi.
Bundan tashqari, tadqiqot chog‘ida interfeys va boshqaruv jihozlari ham yoddan ko‘tarilmadi. Eng qulaylari uskunalar panelining markaziy qismida joylashganlari ekani aytilmoqda. Shu bilan birga haydovchining diqqatini talab qiladigan avtomobil markalariga ham oydinlik kiritildi. Bular Honda Ridgeline, Audi Q7, Volvo XC60, Honda Civic va Dodge Durango ekani aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:22
-
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
O‘zbekiston | 10:18
-
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
O‘zbekiston | 09:49
-
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
Jamiyat | 09:39
Mavzuga oid

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi

10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar

16:22 / 05.03.2025