Jahon | 15:13 / 07.10.2017
49443
4 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev: Jumaqodirov kabi halok bo‘lmasam, hamma bilan ishni biryoqli qilaman!

Foto: President.kg

“Temir Jumaqodirov mening sevimli shogirdlarimdan biri, u 38 yoshda edi. U men mamlakat rahbarlaridan biri sifatida ko‘rgan odamlardan edi", - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun davlat mukofotlarini topshirish marosimida.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov saylov uchastkalari tayyorligini tekshirish maqsadida Talasga ketayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘ldi. "Qarama-qarshi yo‘nalishga nimagadir KamAZ chiqib ketgan", - deya xabar bergan prezident.

"Yangi prezidentning saylovlariga faqat bir hafta qoldi, hamda men bu mavzuni chetlab o‘ta olmayman. Hukumat nopok saylovlar o‘tkazmoqchi ekani haqida ko‘plab g‘iybatlar tarqamoqda. Mening ko‘plab do‘stlarim halol saylovlar o‘tkazilishi uchun harakat qilib jabrlandi, ba'zilari halok bo‘ldi... Agarda men Temir Jumaqodirov kabi halok bo‘lmasam, hamma bilan ishni biryoqli qilaman, lekin saylovlar adolatli bo‘ladi", - dedi Almazbek Atamboyev. 

“Bizga avvalgi davrlar, mamlakatimizda yana qon to‘kilishi kerakmi yoki yo‘qmi, shu haqda o‘ylang”, - deya saylovchilarga chaqiriq bilan chiqqan Atamboyev.

"Biz bugun qo‘shnilarimizdan deyarli o‘tib ketdik, hamda yaqin yillar ichida bizga hasad qilishadi. Hatto bugun ham hasad qilishmoqda. Chunki asosiy narsa - adolatdir. Odamlar har qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishlari mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bugun fuqarolarimizning taqdiri o‘zlarining qo‘lida - ular qanday ovoz berishsa, shuni olishadi, keyin sizni aldashgani haqida gapirib yurmang", - dedi u. 

"Bir paytlar qishlog‘imizdagi bir qiz homilador bo‘lib qolgandi. Buvasi kulol edi, men esa uning nabirasi bilan do‘st edim, hamda u shunday derdi: bizning davrimizda qizlar bir sinflik ham ta'limga emasdi, ammo hech kim aldanmagan, hech kim homilador bo‘lmagan. Endi esa maktabni ham, universitetni ham tugatishib, bizni aldashdi. Nimadir qilishdan avval o‘ylab ko‘ring. Qirg‘izistonning barcha fuqarolarida kamida o‘rta ma'lumot bor. Keyin esa: "Mana, chiroyli ko‘zlarga aldanib qoldik”, - deysizlar. Sizga o‘n sinflik ta'lim unda nega kerak?!" – deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Almazbek Atamboyev. 

“O‘ylashimcha, Qirg‘iziston xalqi 15 oktabrda normal prezidentni tanlaydi”, - degan u.

"Men uchun eng asosiy mezon - yangi prezident mamlakatni shu yo‘l bilan boshqarishi, xalqni amalga oshmaydigan va'dalar bilan aldamasligi, halol va munosib bo‘lishi. Mamlakatdagi asosiy narsa - tinchlik va barqarorlik, odamlar boy hayot kechirishi ekanini tushunishidir. Xalq boy bo‘lishi kerak", - dedi prezident. 

Mavzuga oid