15:25 / 07.10.2017
6859

Ilon Mask Puerto-Rikodagi elektr ta'minotini tiklaydi

Foto: Reuters/Puerto-Rikodagi dovul oqibati

Twitter foydalanuvchilaridan biri Skott Stapf Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskka murojaat qilib, «Mariya» dovuli oqibatlarini bartaraf etishda Puerto-Rikoga yordam berishni so‘radi. U Maskka orolga kelishni va vayron bo‘lgan elektr ta'minoti tizimini tiklashni taklif qildi.
 
Skott o‘z iltimosiga Earther nashrining Puerto-Riko aholisi haqidagi maqolasini biriktirdi. Ular deyarli elektr energiyasiz istiqomat qilishga majbur bo‘lmoqda. Amalda, jurnalistlarning ta'kidlashicha, orol ma'muriyatida (AQSh boshqaruvida) ularning elektr quvvatini olish yo‘llarini qayta o‘ylab ko‘rish imkoni paydo bo‘lgan. 

Mask Twitter mikroblogi o‘quvchisiga 21 daqiqadan so‘ng javob bergan. Tadbirkor Puerto-Rikoda elektr energiyasini tiklashga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, buning uchun kamida mahalliy hokimiyat organlarining roziligi kerakligiga e'tibor qaratdi. 

«Avvalroq Tesla jamoasi dunyoning turli kichik orollarida shunday ishlarni bajardi, ammo hech qanday cheklov yo‘q. Puerto-Rikoga ham yordam berishimz mumkin. Ammo qaror Puerto-Riko hukumati, tijoriy manfaatdor va orol aholisi ixtiyorida», - deb javob bergan Mask.

Maskning yozuviga Puerto-Riko gubernatoi Rikardo Rossello e'tibor qaratgan. U tadbirkorga uchrashishni va loyihani muhokama qilishni taklif etdi.

«Keling muhokama qilamiz. Siz Tesla texnologiyalarining qulayligi va moslashuvchanligini namoyish etishni xohlar edingiz? Puerto-Riko shunday loyiha bo‘lishi mumkin», - deb yozgan Rossello.

2016 yil noyabr oyidan Tesla kompaniyasi tarkibiga SolarCity firmasini ham qo‘shib olgan. U quyosh energotizimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Tesla shu paytga qadar Tinch okeanidagi Tau orolini quyosh energetikasiga o‘tkazdi.

Mavzuga oid
Top