13:39 / 07.10.2017
29729

Qirg‘izistonda bosh vazir o‘rinbosari o‘limi yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: www.gov.kg

Qirg‘iziston IIV bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov halok bo‘lgan YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

"Qirg‘iziston respublikasi JKning 281-moddasi, ya'ni yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish va transport vositalarini boshqarish alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovning borishi bevosita ichki ishlar vaziri Ulan Isroilov nazoratida", - deya xabar qilmoqda Interfaks agentligi vazirlikka tayangan holda.
 
Vazirlik vakiliga ko‘ra, fojia joyida Qirg‘iziston IIV operativ-tergov guruhi ishlamoqda. YTH sabablarini o‘rnatish uchun ekspertiza ishlari olib borilayapti", - deb qo‘shimcha qilgan suhbatdaosh. 

O‘z navbatida, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev, davlat mukofotlarini topshirish marosimida nutq so‘zlar ekan, Jumaqodirov mavzusiga to‘xtaldi. Prezidentning aytishicha,"38 yoshli mulozim respublikaning muvaffaqiyatli rahbarlaridan biri bo‘lgan". 

"Jumaqodirov saylov uchastkalari shayligini tekshirish uchun Talasga ketayotgan vaqtda nimagadir "KamAZ" uning yo‘liga chiqqan", - deb qo‘shimcha qilgan davlat rahbari. 

Top