16:59 / 07.10.2017
8733

Pokistonda ro‘y bergan avtohalokatda kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: GEO NEWS

Pokistonning Mastung tumanidagi Dasht hududida avtobusning furgon bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi jarohatlangan. Bu haqda Geo TV telekanali qutqaruv xizmatidagi manbalariga asoslangan holda. 

Fojia Belujiston viloyatining g‘arbida ro‘y bergan. Yo‘lovchi avtobusi viloyatning ma'muriy markazi Kvetta shahridan janubi-sharqdagi Sibiga kelayotganda furgonga urilib ketgan. 

Furgonda asosan dam olishga ketayotgan yoshlar bo‘lgan, deb xabar qilgan mahalliy hokimiyat. 

Ikki transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchilarning aniq soni hamda YTH sababiga  telekanal oydinlik kiritmagan. 

Top