17:40 / 07.10.2017
7316

Saudiya Arabistoni podshohi MDXMI faxriy doktori bo‘ldi

Foto: TASS

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Abdul Aziz Ol Saudga Rossiya TIV huzuridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti – MDXMI faxriy doktori unvoni berildi. Bu haqda TASS axborot agentligi marosim joyidan xabar qilmoqda. 

MDXMI anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida RF ta'lim va fan vaziri Olga Vasileva hamda institut rektori Anatoliy Torkunov, RF prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov, institut o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etgan.

Saudiya podshohi kirib kelganida barcha o‘rnidan turgan, monarx qo‘l silkib ularni olqishlagan. 

Tantanali nutqlardan so‘ng, Torkunov podshohga diplomni topshirgach, Saudiya yetakchisi hazildan o‘zini tiya olmadi. "Endi men o‘zimni doktor Salmon deb atay olamanmi?" – deb so‘ragan podshoh. "Albatta", - deya ishonch bildirgan Torkunov.

Saudiya Arabistoni podshohi 4 oktabr kuni prezident Vladimir Putin taklifiga binoan Rossiyaga davlat tashrifi bilan keldi. Bu ikki davlat tarixida Saudiya rahbarining birinchi marotaba Rossiyaga kelishidir. Davlat tashrifi 8 oktabr kuni yakunlanadi. 

Mavzuga oid
Top