Sport | 16:56 / 07.10.2017
25903
1 daqiqa o‘qiladi

Sensatsiya: Neymar UYeFAdan "Barselona"ni Chempionlar ligasidan chetlatishni so‘radi 

Foto: Reuters

Fransiyaning "PSJ" futbol klubi hujumchisi Neymar Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (YeFUI) –UYeFAga murojaat qilib, Chempionlar ligasidan o‘zi to‘p surgan Ispaniyaning “Barselona” jamoasini chetlatishni so‘radi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri yozmoqda. 

Ta'kidlanishicha, futbolchining bunday murojaatiga "Barselona" tomonidan Neymarning otasiga Neymar Kataloniya klubi bilan 2016 yilda shartnomani uzaytirgani uchun 26 mln dollarlik bonusning to‘lanmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ammo UYeFA futbolchining so‘rovini rad etgan. 

Neymar avgust oyida "Barselona"dan PSJga 222 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Bu transfer braziliyalik futbolchini futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylantirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid