09:10 / 08.10.2017
10146

Eron prezidenti Trampning rejalariga qarshi chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ham va hattoki "boshqa o‘nta Tramp" ham Tehron yadroviy dasturdan olayotgan foydani yo‘qqa chiqarolmaydi, deb aytdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy. Uning so‘zlarini Tasnim axborot agentligi keltirgan.

Ruhoniy bu haqda Tehron universitetida oliy ta'lim muassasalarida o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda aytib o‘tgan.

Eron va 6ta xalqaro vositachi davlat 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga solish bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishgandi. Kelishuvga ko‘ra, qo‘shma harakatlar dasturi qabul qilingan. Uning bajaralishi evaziga BMT Xavfsizlik kengashi, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomondan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar Erondan yechiladi.

Reja 2016 yil 16 yanvardan kuchga kirgan. Tramp esa ushbu bitimni bekor qilishni o‘ylayotgani haqida aytib o‘tgan. Bitimning qolgan ishtirokchilari esa unga amal qilish istagini bildirishgan.

 

Top