11:50 / 08.10.2017
41432

Kim Chen In bayonot berdi

Foto: AFP

KXDR rahbari Kim Chen In xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llangan sanksiyalarga qaramasdan mamlakat iqtisodiyoti ko‘tarilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi.

Koreya Mehnat partiyasi yig‘ilishida Kim Chen In mamlakat rahbariyatida ayrim o‘zgartirishlarni amalga oshirgan. U o‘zining kichik singlisi Kim Yo Chjonni Markaziy Partiya siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari etib tayinlagan.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya rahbari AQSh prezidenti Donald Trampning KXDRga  «faqat bir chora» ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi gapiga munosabat bildirgan.

«Yadro qurolimiz xalqning mamlakat taqdiri va suverenitetini amerikalik imperialistlarning davomli yadro tahdidlaridan himoya qilishdagi qonli kurashining qimmatbaho natijasidir», — degan Kim Chen In.

Bundan avvalroq Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan faqat bir chora ish berishi mumkinligini aytgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top