Jahon | 09:15 / 08.10.2017
42317
2 daqiqa o‘qiladi

Las-vegaslik «mergan» qoldirgan yozuv mazmuni oshkor qilindi

Foto: AFP

Les-Vegasda ommaviy qotillik sodir etgan Stiven Peddok to‘xtagan mehmonxona xonasida topilgan yozuvda qotil iloji boricha ko‘proq odam o‘ldirish uchun mo‘ljalni to‘g‘ri olish bo‘yicha amalga oshirgan hisob-kitoblar borligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda CBS telekanali xabar bermoqda. 

Telekanal efirida ushbu yangi tafsilotlarni Peddokning xonasini shturm qilishda ishtirok etgan va uning jasadi hamda qurolini ko‘rgan 4 nafar politsiyachi oshkor qildi. Jumladan, politsiya zobiti Deyv Nyutonning aytishicha, u Peddokka tegishli yozuvni oyna oldidagi tumbochkada aniqlagan.

"Men qotil yozuvda nishongacha masofa, joylashgan balandligi haqida yozganini ko‘rdim. U nishonga bexato urish, qayerga o‘q uzishni bilish uchun hammasini oldindan hisob-kitob qilib chiqqan", deb ma'lum qildi politsiyachi.

Peddok sodir etgan otishma oqibatida 58 kishi halok bo‘ldi. Qotil jinoyatni sodir etgach, o‘z joniga qasd qilgan. Qotil otishmani mehmonxonaning 32-qavatidagi xonadan olib borgan. Uning xonasi tintuv qilinganda 23 ta o‘qotar quroli aniqlangan.

Mavzuga oid