09:05 / 08.10.2017
5271

Milliy universitetda xorijlik mutaxassislar bilan Matematika va fizikaning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda

6 oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Matematika va fizikaning dolzarb masalalari» mavzusidagi O‘zbekiston – Isroil anjumaniga start berildi. Bu haqda «Kun.uz»ga universitet vakillari ma'lum qilishdi.

Anjumanda yuzdan ortiq qatnashchilar, jumladan, Isroil, Rossiya, Meksika va Qozog‘istondan tashrif buyurgan 30 dan ziyod dunyo tan olgan olimlar hamda respublikaning sohadagi yetakchi olimlari ishtirok etadi.

Ochilish marosimida Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapiro, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori Marahimov Avazjon, Xolon tenika instituti prezidenti Eduard Yakubov so‘zga chiqib, ushbu konferensiyaning ikki davlat ilmiy hamkorligidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi va barcha ilm ahlini amalga oshirilajak buyuk ishlar bilan qutladi.

Ushbu konferensiya O‘zbekiston va  Isroil olimlari aloqalarini rivojlantirishga, ilm-fanni amaliyotga keng tadbiq qilish bo‘yicha tajriba almashishga, shuningdek, respublikaning yosh izlanuvchilari tomonidan olingan natijalarni keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.

Konferentsiya to‘rt kun — 6 oktabrdan 10 oktabrga qadar davom etadi.

Top