09:00 / 08.10.2017
8466

"Neyt" dovuli AQSh sohillariga yetib keldi

© AFP 2017 / Elizabeth Ruiz

Navbatdagi "Neyt" dovuli 7 oktabrda kechki vaqt AQSh sohillariga yetib keldi, deb ma'lum qildi AQShning dovullarni kuzatish milliy markazi.

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, dovul ayni vaqtda Missisippi daryosi yaqinidagi quruqlikdan o‘tmoqda. Unga birinchi xavflilik darajasi berilgan. Dovuldagi shamolning maksimal tezligi soatiga 140 km ni tashkil qilmoqda. 

AQShning ob-havo milliy xizmati Yangi Orlean (Luiziana shtati) uchun tropik shtorm haqida ogohlantirish bergan. Avvalroq bu shahar uchun dovul haqida ogohlantirish berilgandi. Bu ogohlantirish Luiziananing qolgan hududlari, Alabama va Florida uchun kuchda qolmoqda.

Mavzuga oid
Top