Jahon | 10:30 / 08.10.2017
10983
1 daqiqa o‘qiladi

Tergovchilar Peddok og‘ir ruhiy xasta bo‘lgan degan fikrda

Foto: ©REUTERS/STEVE MARCUS

Las-Vegasda ommaviy qotillik sodir etgan Stiven Peddokda og‘ir ruhiy xastalik bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo unga bunday tashxis qo‘yilmagan.

ABC News xabariga ko‘ra, oxirgi haftada bir necha yuzlab kishilar tergov qilinganidan keyin tergovchilar shunday xulosaga kelishmoqda.

Qayd etilishicha, Peddok boy bo‘lgan, ammo unda odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishda muammolar mavjud edi. Uni normal munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamaydigan kishi sifatida eslashmoqda.

Manbalarning biri aytishicha, Peddok kazinoda bir necha soat davomida bir o‘zi o‘ynagan vaqtlar ham bo‘lgan.

Bundan oldinroq politsiya fojia sodir bo‘lishidan bir necha soat oldin Peddokning yonida bo‘lgan fohisha ayolni qidirayotgani haqida xabar berilgandi. Undan muhim ma'lumotlar olinishi mumkin.

Mavzuga oid