09:20 / 08.10.2017
22339

Video: Moskva viloyatida pensioner 20 soniya ichida 4ta YTH sodir etdi

Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida keksa yoshli haydovchi uyi hovlisi oldida 4ta yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqardi. Ushbu holat kameralar tomonidan qayd qilindi. Video "360" telekanali tomondan YouTube’da joylashtirilgan.

Videoda haydovchi ortga yura turib Kia’ga borib urilganini, Kia esa yonida turgan Mercedes bilan to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin pensioner mashinani tezlatib, uy yonida turgan furgonni borib urgan.

So‘ngra erkak hovlini "bir aylanib chiqishga" qaror qilib, yo‘lida yana bir mashinaga urilib, oxir-oqibat chetda turgan boshqa bir mashinaning orqasidan "zarba bergan".

Telekanalning ma'lum qilishicha, ushbu shaxs bo‘lib o‘tgan voqeani mashinaning gaz va tormoz tepkilarini chalkashtirib yuborgani bilan tushuntirgan.

 

Mavzuga oid
Top