Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara "avvalgidek Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini" va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini tan olmasligini aytdi. U bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qo‘shma brifingda ay tib o‘tdi.
"Biz Qrimning noqonuniy qo‘shib olinishini tan olmaganmiz va tan olmaymiz ham", deb aytgan Erdo‘g‘an.
2014 yil martda Qrimda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning bir qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shaharga aylangan.