18:50 / 09.10.2017
12012

Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi

Foto: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Joriy yilning 6 oktabr kuni O‘zbkiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi majlislar zalida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida tashkil etilgan “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi. Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.

Foto: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Taqdimotda Respublika va Toshkent shahri kesimidagi oliy o‘quv yurtlaridan 100 nafarga yaqin olimlar, professorlar, dotsentlar, O‘zbekiston xalq artistlari, xizmat ko‘rsatgan artistlar va ijodkor ziyolilardan iborat chuqur malaka hamda tajribaga ega bo‘lgan targ‘ibotchilar ishtirok etishdi. Tadbirda “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga doimiy jalb qilingan, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan, taniqli fan, adabiyot, san'at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlarini jamlagan ma'naviy-ma'rifiy uyushma ekanligi aytib o‘tildi.

Foto: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Shuningdek, tadbirda mazkur uyushmaning asosiy maqsadi – taniqli fan, adabiyot, san'at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlari ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes hamda boshqa ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashishning ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, respublika fuqarolarining mamlakatdagi islohotlarga, bunyodkorlik ishlariga daxldor ekanligini xis qilishi, ularning kayfiyati hamda ma'naviy-ma'rifiy, madaniy salohiyatini oshirishga qaratilgan samarali g‘oyaviy targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. 

Foto: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

“Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining ilk a'zolariga tantanali ravishda a'zolik guvohnomalari topshirildi.

Foto: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

 

Mavzuga oid
Top