11:00 / 09.10.2017
8265

OAV: Janubiy Koreya KXDRga qarshi "zudlik bilan amaliyotlar" o‘tkazishga tayyor

Foto: AP

Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan "fitnalar" uyushtirilgan taqdirda "zudlik bilan javob qaytarish"ga shay, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi o‘z manbasiga asoslangan holda. 

Qanday amaliyotlar o‘tkazilishi mumkinligiga agentlik suhbatdoshi aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Janubiy Koreya va AQSh KXDRning qandaydir yangi yadroviy sinov yoki raketa parvoziga tayyorlanayotganini isbotlovchi alomatlarni kuzatmagan. Koreya Mehnat partiyasiga asos solingani nishonlanadigan 10 oktabr kuni arafasida shunday sinov bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
 
"Voqealar rivojini juda diqqat bilan kuzatayapmiz", — deya manbasi so‘zlarini keltiradi agentlik. 

J.Koreya va AQSh KXDRni barcha vositalar bilan kuzatmoqda. Xususan, ayg‘oqchi samolyotlar U-2S va RC-800, RF-16 qiruvchi-ayg‘oqchi, E-737 rusumli oldindan aniqlash va ogohlantirish samolyoti va P-3C patrul samolyotlaridan foydalanmoqda. 

Shimoliy Koreya raketalarini uchirilganidan so‘ng 2 daqiqa ichida aniqlash maqsadida Yapon dengizida "Ijis" (Aegis) tizimi, SPY-1D va Green Pine radarlariga ega harbiy kema faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Top