Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish haqida kelishib oldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati vakili Mariya Vorobyovaga asosan.
Shuningdek, Ar-Riyod Moskvadan "Kornet-EM" tanklarga qarshi raketa majmualari, TOS-1A "Buratino" og‘ir o‘tsochar tizimlari, AGS-30 granata otadigan quroli va Kalashnikov AK-103 avtomatlarini sotib oladi.
Bundan tashqari, Rosoboroneksport va Saudiya harbiy-sanoat kompaniyasi qirollikda AK-103 va unga o‘qlarni litsenziya asosida ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi.
O‘tgan hafta Pentagon Ar-Riyodda S-400 majmualarini sotib olish niyati borligidan tashvishda ekanini bildirgandi. Ma'lum qilinishicha, «ushbu tizimlar Amerikada ishlab chiqarilgan tizimlar bilan nomuvofiqdir».
Kreml esa, o‘z navbatida, Rossiya va Saudiya Arabistonining mudofaa sohasidagi hamkorligi uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagani, «dunyo va mintaqada barqarorlikni» ta'minlash uchun mo‘ljallanganligini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
16:13 / 15.01.2026