Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik shifokorlar Termizda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimi Facebook-sahifasi
Turkiyaning 18 nafar malakali shifokori va soxa mutaxassislari Termiz shahridagi "Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi"ga kelib, og‘iz va labida tug‘ma nuqsoni bor bolalarni davolash maqsadida, 140ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook-sahifasida xabar bermoqda.
Shuningdek, turk shifokorlari ishtirokida 494ta ambulatoriya tibbiy ko‘riklari ham tashkil etildi.
Mazkur tadbir Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko‘magida amalga oshirildi.
Avvalroq, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan O‘zbekistonga Mercedes-Benz rusumidagi 10ta mobil klinika taqdim etilgandi.
Mavzuga oid
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026