Ishonasizmi, yo‘qmi, OKeANIYa millatlar kubogi degan turnir bor. Final bosqichida sakkiz jamoa ishtirok etadi. Xuddi shu turnir finalida Papuya-Yangi Gvineya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Yangi Zelandiya terma jamoasi Okeaniya chempioni hisoblanadi. Saralash  o‘yinlarida ham zelandiyaliklar g‘olib chiqishdi va endi pley-offda Janubiy Amerika vakiliga qarshi maydonga tushadi. KONMeBOL mintaqasi jamoalarining kuchli ekanini e'tiborga olsak, Okeaniya chempioni Rossiyaga kela olmasligi haqiqatga yaqinroq. 

LOTIN AMeRIKASI chempioni Chili terma jamoasi hisoblanadi. Chililiklar so‘nggi ikki musobaqada Argentina ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishgan. Ammo bu terma jamoa ham mundialga bora olmay qolish xavfi bilan yashamoqda. Agar Chili so‘nggi turda Braziliyada mag‘lubiyatga uchrasa, hatto kuchli beshlikdan ham chetda qolishi mumkin. 

Shimoliy Amerikaliklar o‘z chempionlarigi «KONKAKAF Oltin kubogi»da aniqlaydilar. Oxirgi musobaqa shu yilning iyul oylarida bo‘lib o‘tgandi va AQSh terma jamoasi chempionlikni nishonlagan. Hozirda guruhda 3-o‘rinni egallab turgan amerikaliklar ham o‘zlarini bemalol his qila olishmaydi. KONKAKAF saralash guruhida 3 jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yana bir jamoa Osiyo vakili bilan pley-off o‘yinlari orqali mundialga borish imkoniyatiga ega. AQSh 11 oktbyar kuni Trinidad va Tobago mehmoni bo‘ladi va agar mag‘lubiyatga uchrasa, guruhda hatto beshinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin. Chunki AQShni izma-iz ta'qib qilib kelayotgan Panama va Honduras terma jamoalari so‘nggi turni yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan Meksika va Kosta-Rikani o‘z maydonlarida qabul qilishadi. 

AFRIKA Millatlar kubogining so‘nggi g‘olibi Kamerun terma jamoasi hisoblanadi. Shu yilning fevralida Gabonda bo‘lib o‘tgan turnirda kamerunliklar finalda Misr ustidan ustun kelib, beshinchi marta Afrika chempioni unvoniga sazovor bo‘lishgandi. Ammo yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etib ketgan Kamerun JCh saralashida Nigeriyaga imkoniyatga boy berdi va o‘z guruhida g‘olib bo‘la olmadi. Kamerun rasman JCh-2018ga borish huquqidan mahrum bo‘lishga ulgurdi.

OSIYo chempioni bizga yaxshi ma'lumki, Avstraliya terma jamoasi hisoblanadi. 2015 yilda o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan musobaqada «kengurular» g‘olib bo‘lishgandi. Endi esa, avlodlar almashinuviga duch kelgan Avstraliya saralash guruhida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Suriya bilan pley-offda qatnashmoqda. Suriyani yutish ham ularga yetarli bo‘lmaydi, hali KONKAKAF vakilini ham mag‘lubiyatga uchratish kerak bo‘ladi. Yo‘l hali uzoq.