15:00 / 10.10.2017
10859

90-yillarning mashhur ekstrasensi Alan Chumak vafot etdi

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha, Rossiyadagi tabiblar ichida eng taniqlisi, televizordan turib millionlab xonadonlardagi suv va boshqa buyumlarni «zaryadlab» berish bilan mashhur bo‘lgan Alan Chumak 82 yoshida vafot etgan.

1970 yildan 1980 yilgacha Alan Chumak oddiy jurnalist bo‘lib ishlagan va ekstrasensorikaga aloqasi borligi xayoliga ham kelmagan. U davolash holatlari haqida material tayyorlay turib, o‘zi ham g‘ayrioddiy quvvatga ega ekanligini sezib qoladi. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Chumak teleekranlarga chiqib, televizor orqali turli predmetlarni «zaryadlagan» va o‘sha narsalarni iste'mol qilgan yoki ulardan foydalangan insonlar go‘yoki shifo topa boshlagan.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Alan Chumakning chiqishlarini taqiqlagan. Shunga qaramay, ekstrasens aslo qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. U butun kuchini boshqa yo‘nalishga qaratib, yozuvchiga aylandi. 2009 yilgacha u uchta kitob yozib chop etdi. Ekstrasensorikani ham tashlab yubormadi, faqat shaxsan murojaat qilgan insonlarni davolab yurdi.

Mavzuga oid
Top