15:19 / 10.10.2017
113573

Atamboyev: AQShning O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berish qaroridan shokka tushganman

Foto: President.kg

«Obama menga juda yoqardi, biroq AQSh hukumati va uning Davlat departamenti harakatlaridan shokka tushganman», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Nyu-Yorkka amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Time jurnaliga bergan intervyusida.

«2014 yilda O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov: «Ehtimol, mintaqada urush bo‘ladi» deb ma'lum qilgandi. AQSh shundan so‘ng to‘rt oy o‘tib O‘zbekistonga 328 ta zirhli avtomashina taqdim etdi. Qo‘shma Shtatlar Qirg‘izistonga sarmoyalar kiritmagan hamda yordam bermagan, O‘zbekiston esa har birining qiymati yarim million dollardan ortiq bo‘lgan 328 ta zirhli avtomashinani oldi», - degan Atamboyev.

«Ro‘y bergan holatdan so‘ng bizga davlat kotibi Jon Kerri tashrif bilan keldi, hamda men undan ular demokratiya haqida shunday bayonotlar berib, nima uchun bunday qilishgani bilan qiziqdim. Men olti yil davomida prezident bo‘ldim, hamda AQSh tomonidan – xalqi emas, balki hukumatidan shunday munosabatni har doim ko‘rganman», - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

«Qirg‘izistonga demokratik rivojlangan davlatni qurishdagi moliyaviy yordam musulmonlar dunyosi uchun yaxshi namuna bo‘lardi, hamda ancha arzonroqqa tushardi», - degan Almazbek Atamboyev.

«AQShga jahondagi demokratiya kerak emas. Men buni tushungach, juda ham afsuslandim. Mening Obamadan hafsalam pir bo‘ldi. AQShning hozirgi prezidenti esa faqat Qo‘shma Shtatlar muammosi bilan shug‘ullanishi haqida gapirmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.

Mavzuga oid
Top