23:53 / 10.10.2017
5951

BMT: Yamanda 800 mingdan ko‘proq odam vaboga chalingan bo‘lishi mumkin

Yamanda vaboga chalinganlikka shubha qilinayotgan odamlar 800 ming kishidan oshib ketdi, epidemiyaning tarqalishi sur'atlari esa kuzatuvlar olib borilgan vaqtdagi rekord darajadagisi bo‘lmoqda. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining operatsiyalar bo‘limi direktori Jon Ging BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, Yamanda 15 mln kishi toza suv yetishmasligidan aziyat chekmoqda hamda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan mosuvo. Ging keltirgan ma'lumotlarga ko‘ra, 7 mln kishi ocharchilik yoqasida turibdi, 2 mln kishi boshqa joylarga ko‘chib ketgan. "Bu odam tomondan yuzaga keltirilgan inqiroz Yaman xalqining chidab bo‘lmas uqubatlariga sabab bo‘ldi", deb aytdi Ging.

Gingning aytishicha, qiymati 2,3 mlrd dollarga teng bo‘lgan va 12 mln kishiga yordam berishga mo‘ljallangan Yamandagi vaziyatga gumanitar munosabat bildirish rejasi 55 foizga moliyalashtirilgan. Yig‘ilgan pullar oziq-ovqat va birinchi zaruratdagi tovarlarni yetkazib berish hamda 7 mln kishiga tibbiy yordam ko‘rsatishga yetgan. Ging shu munosabat bilan xalqaro donorlarga minnatdorlik bildirib, yamanliklarni kulfatda yolg‘izlatib qo‘ymaslikka chaqirgan. 

Mavzuga oid
Top