10:37 / 10.10.2017
23530

Xirmonga baraka, yurtim! ‘’Mega Prodex" kompaniyasining xodimlari ko‘ngilli ravishda paxta terimida ishtirok etishdi

Foto: Mega Prodex

Hozirda yurtimizda paxta terimi mavsumi avj pallada. "Mega Prodex" korxonasining raxbar va xodimlari ham 7 oktabr kuni mehnatkashlarimizga yordam berish maqsadida paxta terimida ko‘ngilli ravishda ishtirok etishdi. 

Kompaniya rahbariyati bu yilgi paxta hosilini yig‘ishga ko‘maklashish taklifi bilan Yakkasaroy tumani hokimiyatiga murojaat qilishdi va shanba kuni erta tongda 26 nafar xodimlar bilan birgalikda Bo‘ka tumani, Baxmal qishlog‘iga yo‘l olishdi. 

Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex

Kun davomida kompaniya xodimlari 1 gektar maydondagi paxtalarni terib, 500 kilogrammga yaqin hosilni topshirishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Kompaniya direktori Turdiyev Dilshod Mansurovich: 

"Xodimlarimizga mahsulot ishlab-chikarishdan farqli o‘laroq, paxta terimiga borish taklifi berilganida, ba'zi xodimlarimiz xursand bo‘lishgan bulsa, boshqa birlari paxta dalasiga biror marta ham bormagani uchun biroz hayiqishdi. Biroq barchamiz axil jamoa bo‘lib, Bo‘ka tomon otlandik. Kun davomida bizga ajratilgan 1 gektar maydondagi paxtalarni, ko‘tarinki ruxda, zo‘r tashabbus bilan terib, 500 kilogrammga yaqin hosilni xirmonga topshirdik. Albatta, kuzning yoqimli shabodasi, yaxshi mehnat bilan tushlik ham o‘zgacha bo‘ldi. Katta qozonda osh tayyorlanib, terimchilar bilan birga baham ko‘rdik. Biz milliy boyligimiz bo‘lmish «Oq oltin» xirmoniga , oz bo‘lsa-da o‘z hissamizni qo‘sha olganimizdan juda xursandmiz". 

Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex

"Mega Prodex" kompaniyasining rahbari boshchiligidagi jamoa paxta terimidan ko‘tarinki kayfiyatda uyga qaytishdi. Ular mazkur hayrli tashabbusni davom ettirgan holda, dam olish kunlarini terimchilarimizga kuldan kelgancha yordam berishni maqsad qilishdi.

Ma'lumot o‘rnida: "Mega Prodex" kompaniyasi O‘zbekistonda 6 yildan beri "Diva" savdo belgisi ostida sariyog‘, buterbrod yeg‘i, margarin va o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaradi.

Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex
Foto: Mega Prodex
Mavzuga oid
Top