JCh-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasida Avstraliya va Suriya terma jamoalari o‘rtasida pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi.

Birinchi uchrashuvda ham xuddi shunday hisob qayd etilgani uchun qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Qiziq tomoni, uchrashuvni boshqarib borayotgan Ravshan Ermatov uchinchi bo‘limda zaxirada qoldi va o‘rniga to‘rtinchi hakam bo‘lib ishlab turgan Ilgiz Tantashev uchrashuvni boshqarib borishni o‘z bo‘yniga oldi.

Foto: Nine Network

Ahamiyatli tomoni, Kruzga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun mehmonlar futbolchisi Mahmud al-Mavasga Tantashev (93-daqiqa) qizil kartochka ko‘rsatishga ulgurdi.

Foto: The AFC