Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.

Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish shular jumlasidan.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunni Yoshlar kuni sifatida e'lon qilinishi ham juda ramziydir. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda samarali faoliyatni ta'minlaydigan, «Yoshlar - kelajak quruvchisi» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi.

Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan - u O‘zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda.

Bu O‘zbekiston rahbari tomonidan O‘zbekiston prezidenti Devonida yoshlar siyosati masalalari Xizmat tashkil etilgani bilan ham isbotlanadi. Xizmatga prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi rahbarlik qiladi. Bu shuni anglatadiki, yoshlar muammosi doimo mamlakat prezidentining diqqat markazida bo‘ladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, zaruriy moddiy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, tashkilot faoliyatidan biron bir natijani kutish mumkin emas. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Rivojlanish jamg‘armasiga kichik biznes sub'yektlari uchun yagona soliq to‘lovining hisoblangan miqdoridan 8 foizi o‘tkazib beriladi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida turli predmetlar, jumladan xorijiy tillar, dasturlashtirish va tadbirkorlik asoslari bo‘yicha ta'lim berish maqsadida tashkil etiluvchi sho‘'ba korxonalar 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi. Shu bilan birga, ushbu imtiyozlar natijasida korxonaning tasarrufida qolgan mablag‘larning 20 foizi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.