Ikkilamchi bozorda uy-joy va avtomashina oldi-sotdisi uchun hisob-kitoblarni xorijiy valyuta, asosan AQSh dollarida amalga oshirish deyarli barcha uchun odatiy holga aylanib qolgan. Bunga o‘tgan davr mobaynida shakllanib ulgurgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, so‘m valyutasining beqaror inflyatsiyasi, erkin konvertatsiya amaliyotining mavjud emasligi evaziga paydo bo‘lgan narx-navodagi tafovutlar, uy-joy va mashina xarid qilishda yuzaga kelgan qog‘ozbozlik, sun'iy to‘siqlar shular jumlasidan.

So‘nggi paytda bu munosabatlarni bir muncha o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi yangiliklar yuz berdi, xususan, erkin konvertatsiya amaliyotining joriy etilishi, yangi so‘m banknotining tanishtirilishi, shu paytgacha savdo munosabatlarida de fakto xorijiy valyuta qiymatiga bog‘lab qo‘yilgan tovar va xizmatlarning milliy valyutada hisob-kitob qilinishini e'tirof etish mumkin. Xabarlarga ko‘ra, bundan buyon huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shu kabi holatlarga qarshi jiddiy kurashiladi.

Aslida, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi shart. Shu jumladan, fuqarolar o‘rtasidagi ko‘char va ko‘chmas mulk obektlari ham. (Misol tariqasida ana shu mashina va uy-joyni olaylik) Bu - qonun!

Respublika hududida hisob-kitoblar va to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat etiladigan ayrim holatlarni quyida sanab o‘tamiz:

- belgilangan tartibda kreditlarni olish va qaytarishda;

- banklardagi omonatlarga pul qo‘yishda va ularning foizini olishda;

- vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutasini sotib olish va sotishda;

- xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan operatsiyalarda;

- meros huquqi bo‘yicha valyuta boyliklarini olishda;

- bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro yo‘nalishlarda tashishda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishdagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalarda;

- qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sotib olish va sotishda;