13:22 / 10.10.2017
7084

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlarga tayinlash uchun suhbatdan o‘tkazildi

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligida joriy yilning 4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi bosh yuriskonsulti lavozimiga kelishish uchun taqdim etilgan nomzod Mavjuda Xudoyberganova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga Abduxalil Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bosh yuriskonsulti lavozimiga Akmalxon Akbarovlarni tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.

Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan, deb topildi.

Top