17:17 / 11.10.2017
16172

YaUPM direktori o‘zgardi

Foto: UzCard

Yagona Umumrespublika Protsessing Markaziga (YaUPM) Ahror Mahmudov direktor etib tayinlandi. U o‘z xizmat vazifalarini bajarishga 2 oktabr kuni kirishdi. Bu haqda YaUPM matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ahror Mahmudov 1984 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi sanaladi. Bunga qadar SENSIS GROUP kompaniyasi direktori lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, YaUPM direktori vazifasini B. Dehqonov vaqtinchalik bajarib kelayotgan.

Top