Odam savdosidan jabrlanganlar nega ishga joylashtirilmadi?

Foto: Tengrinews
O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6 ta asosiy xalqaro shartnomalar ishtirokchisi hisoblanadi.
O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashni tartibga soluvchi xalqaro huquq talablariga to‘la mos bo‘lgan milliy qonunchilik bazasi shakllantirildi. Namangan shahar prokuraturasi tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha shahar hududiy idoralararo komissiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va mazkur sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash ahvoli o‘rganildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Unda odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida bu jinoyatning salbiy oqibatlarini keng tushuntirib borish, ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot samaradorligini oshirish, uzoq muddat xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytib kelganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va bandligini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq shu bilan birga, qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, Namangan shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlar bandligini ta'minlash maqsadida 49 ta ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa-da, tekshirish kuniga qadar jabrlanganlarning birortasi ushbu ish o‘rinlariga joylashtirilmagan. Masalan, fuqaro O.Ikromov odam savdosidan jabrlangan, biroq markaz tomonidan hozirga qadar uning ishga joylashuviga yordam berilmagan.
Shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarga odam savdosi jinoyatlaridan ogoh etuvchi, xorijda ishlashning qonuniy asoslari haqidagi ma'lumotlarni tarqatish, tushuntirish belgilangan bo‘lsa-da, rejaning ushbu bandi to‘liq ijro etilmagan. 4-, 6-, 12- va 13-sonli oilaviy poliklinikalar tomonidan odam savdosining oldini olish bo‘yicha ish rejasining ayrim bandlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida birlashmaga axborotlar taqdim etilmagan. Ayrim poliklinikalarda uzoq muddatga chet davlatlarga ketib, qaytib kelgan shaxslarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish topshirig‘i bajarilmagan. Misol uchun, Namangan shahrida yashovchi A.Abbosov va I.Abduazizov uzoq muddatga xorijiy davlatga chiqib ketib, 2017 yil may oyida qaytib kelgan bo‘lsa-da, ular hududiy oilaviy poliklinikasi tomonidan belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan. Oqibatda, shahar tibbiyot birlashmasi va unga qarashli poliklinikalar mas'ul va mansabdor shaxslari tomonidan “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilib, uzoq muddat xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, yashash manziliga qaytib kelgan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari ta'minlanmagan hamda ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari o‘tkazilmagan.
Namangan shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolarni xorijda ish bilan ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi litsenziyasiz tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ustidan nazorat kuchaytirildi. Shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ham muayyan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deyiladi gazeta xabarida.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
-
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
-
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab o‘nlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi
Jahon | 18:07
-
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

12:25 / 11.06.2025
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

22:51 / 27.05.2025