19:25 / 11.10.2017
20918

Rossiya Mag‘ribga qaytmoqda 

Rossiya​ Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Jazoirga tashrif buyurib, kelgusi rejadagi energetik va savdo sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama etishi rejalashtirilgan. Medvedevning Jazoir APS axborot agentligiga bergan intervyusida «ushbu uchrashuv o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat» qilishini ta'kidlagan. 

Muhokamada ko‘tarilgan masalalar qisman yadro energetikasi, agro sanoat kompleksi, foydali yerosti zaxiralarni qazib chiqarish, yuqori texnologik yechimlar va fazoni o‘rganishga oid mavzular, qurilish va farmatsevtika sohalariga tegishli ekani alohida diqqatga sazovor.

Le Point nashrining yozishicha, Rossiya hukumat rahbari 2014 yil imzolangan yadro energetikasiga oid shartnomalarni faollashtirishni istamoqda. So‘nggi paytlarda AQSh, Yevropa hamjamiyati Rossiya qishloq xo‘jaligining kelajagiga xavf solib turishi Jazoirda erishilajak yangi bitimlar bilan qoplanmoqda. Negaki, bu bilan arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Jazoirdan ham import qilinishi mumkinligini anglatadi. Jarayonlarni kuzatib turib, Rossiyaning Mag‘rib diyoriga qaytib kelishini ishonch bilan tasdiqlasa bo‘ladimi, degan gumon paydo bo‘ladi.

Masalaning boshqa tomonida esa Saudiya podshohining Moskvaga tashrifi turibdi. Garchi Abdul-Aziz Ol Saud bundan avval ham Ar-Riyod shahrining hokimi sifatida Moskvaga tashrif buyurgan bo‘lsa ham, undan avval hech qaysi Saudiya podshohlari Rossiyaga, sobiq SSSR davlatiga ham rasman kelmagan. Aynan mana shunday tarixiy uchrashuvda Abdul-Aziz Ol Saudning «Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish manfaatdor» ekanini bildirishi juda ko‘p savollarni keltirib chiqarmoqda.

«Kamtarona» qilib aytganda, ikki davlat rahbarlari umumiy hisobda 3 milliard dollarga teng shartnomalar to‘plamini imzolagan. Ular orasida Kalashnikov qurollarini yig‘ib tayyorlash bo‘yicha Saudiyaga maxsus litsenziyaning taqdim etilgani va Aramco neft-gaz kompaniyasining «Rosneft»​ bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi qiziqarli hodisa bo‘ldi.

Top