Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Foto: BeLTA
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sochida o‘tkazilayotgan MDH a'zo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasida Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. BeLTA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbarini O‘zbekistonga taklif qilgan.
Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining 2016 yil Samarqandda o‘tgan uchrashuvidan keyin O‘zbekiston va Belarus munosabatlari faollashgani, o‘zaro savdo aylanmasi sezilarli oshganini ta'kidladi. Ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to‘ldirishi, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Aleksandr Lukashenko Belarus O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
«Belarus O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy sherik sifatida qaraydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda», deyiladi O‘zA xabarida.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish, savdo uylarini kengaytirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
«Men sizni 2018 yil O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etaman va bu tarixiy voqeaga aylanishi lozim», degan O‘zbekiston rahbari.
Prezident uchrashuvda qatnashgan hukumat a'zolariga ushbu tashrifga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishni ko‘rsatma qilgan.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil fevral oyida O‘zbekistonda Belarus Madaniyat kunlari bo‘lib o‘tishini ma'lum qilib, bunday tadbirlar ikki davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishini bildirib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Oval kabinet, Bukinhem saroyi sotilmaydi, Kanada ham” – Kanada bosh vaziri Trampga nimalarni eslatdi?
Jahon | 21:24
-
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:55
-
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:54
-
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan
Jahon | 20:52
Mavzuga oid

20:55
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:54
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:46 / 09.05.2025