"Telegram interfeysi endi rus va ukrain tillarida ham ishlaydi. Yangi translations.telegram.org platformamizning ishga tushishi tufayli mana shunday imkoniyat paydo bo‘ldi", - deb yozadi u.
Durov "bugun "ruscha" Telegram dunyoga kelgani"ni qo‘shimcha qiladi. Ta'kidlash joizki, xuddi shu kuni, ya'ni 10 oktabrda messenjer asoschisi Pavel Durov tavallud topgan.











