Jamiyat | 11:14 / 11.10.2017
38504
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yuridik kollejiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent yuridik kollejiga yangi rahbar tayinlandi. 

KUN.UZ’ning vazirlikdagi manbasiga ko‘ra, 2017 yil 7 oktabridan e'tiboran kollejga Vosit Ergashev rahbarlik qilmoqda. 

Vosit Ergashev 1978 yil Samarqand viloyatida tavallud topgan, yuridik fanlar nomzodi. Toshkent Yuridik universitetida prorektor, keyinroq kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, kollejning avvalgi direktori Natalya Temirova ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. 

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan jiddiy xato-kamchiliklar barobarida 2017 yil 6 oktabr kuni o‘quvchilar tomonidan kollej hududida og‘ir jinoyat sodir etilgani direktorning ishdan olinishiga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid