Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda qancha paxta terilgani ma'lum bo‘ldi
Tojikistonda joriy oy boshidagi holatga ko‘ra, 270 ming tonnaga yaqin paxta xom ashyosi terildi, deb xabar berdi mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Ma'lumotlarga qaraganda, hosil miqdori prognoz rejasidan 76,3 foizni tashkil etadi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97,9 ming tonnaga ko‘pdir. Respublikada o‘rtacha hosildorlik kuniga 4,9 ming tonnadan ortiq xom ashyoni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda yettita paxta yetishtiruvchi tumanlar o‘zlarining prognoz rejalarini 83 foizga bajargan.
Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 312 ming tonnadan ortiq paxta xom ashyosi terib olingan bo‘lib, bu prognoz ko‘rsatkichidan taxminan 90 foizni tashkil qilgan.
Joriy yilda respublikada 162,5 ming gektardan ziyod yerga paxta ekildi. Xususan, Xatlon viloyatida 155,5 ming gektardan ortiq yer, So‘g‘dda 44,2 gektar maydon, respublika bo‘ysunuvidagi tumanlarda esa 2,8 ming gektardan ortiq maydon paxtaga ajratildi.
Mavzuga oid
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
01:25 / 07.11.2025