Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichining Janubiy Amerikadagi so‘nggi 18-turida Rossiyaga aniq keladigan 3 terma jamoa ma'lum bo‘ldi. JCh-2018 yo‘llanmasini naqd qilgan 19 jamoa safiga Urugvay, Argentina va Kolumbiya termalari ham qo‘shildi.
Shunday qilib, JCh-2018 da quyidagi milliy terma jamoalarning o‘yinini kuzatishimiz mumkin:
Rossiya, Belgiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Islandiya, Polsha, Serbiya, Fransiya, Portugaliya, Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Saudiya Arabistoni, Kosta-Rika, Meksika, Misr, Nigeriya.











