So‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston Respublikasi transport qonunchiligining qirg‘izistonlik tashuvchilar tomonidan buzilishi tez-tez uchramoqda, deya xabar bergan Qozog‘iston Respublikasi Sarmoyalar va rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Shunday qilib, Qirg‘iziston Respublikasining tashuvchilariga tegishli bo‘lgan va so‘nggi 2 kunda tekshirilgan 212 ta avtomobildan 35 tasida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.

Xususan, yuk hajmi parametrlariga amal qilmaslik bo‘yicha – 11, kabotaj tashuvlar – 4, Qozog‘istonning ruxsat berish blankasi yo‘qligi - 4 va boshqa qoidabuzarliklar – 13 holatda fosh qilingan.

Yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar uchun jami 4 ming AQSh dollaridan ortiq ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Shu bilan birga, yo‘lovchilarni olib o‘tishga ruxsati yo‘qligi sababli, 4ta yo‘lovchi avtobusi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumot Qirg‘iziston Respublikasiga topshirilgan.