21:14 / 13.10.2017
5189

AQSh Kuba va Venesuelaga qarshi sanksiyalarini yumshatmoqchi emas

Foto: Flickr / ctam

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Kuba va Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yumshatmoqchi emasligini ma'lum qildi. Bu haqida RT nashrida xabar berildi

"Biz Erondan to Shimoliy Koreyagacha hukmron bo‘lgan noqonuniy rejimlarga qarshilik qilamiz. Biz Kuba kommunistik diktaturasi va Venesueladagi sotsialistik zulmga qarshilik qilamiz", - dedi Tramp Vashingtondagi chiqishi davomida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar o‘z xalqining siyosiy va diniy erkinligini tiklamas ekan, AQSh mazkur "repressiv rejimlar"ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilmaydi. 

Ta'kidlash joizki, 25 avgust kuni Donald Tramp Venesuelaga nisbatan yangi moliyaviy sanksiyalar joriy qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sentyabr oyida Amerika yetakchisi yarim asrdan ziyod vaqt davomida Kubaga nisbatan amalda bo‘lib kelgan savdo embargosi muddatini uzaytirdi. 

Top