08:27 / 13.10.2017
15747

Despacito qo‘shig‘i klipi YouTube’da rekord o‘rnatdi

Puerto-rikolik qo‘shiqchilar Luis Fonsi va Deddi Yankining Despacito qo‘shig‘i klipi YouTube’da 4 mlrd martadan ko‘proq ko‘rildi va namoyishlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Bu haqda qo‘shiq mualliflaridan biri Luis Fonsi instagrammida ma'lum qildi. Biroq Fonsi buni nishonlash o‘rniga, klip suratga olingan Puerto-Riko aholisiga dovul oqibatida ko‘rgan talofatlarni yengishda yordam berishga chaqirgan.

Qo‘shiq nafaqat 2017 yilning, balki oxirgi bir necha yillarning bosh xitiga aylandi. Ispan tilidagi qo‘shiq onlayn-tinglashlar va klipining tomosha qilinishi bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldirdi.

Yil boshida joylashtirilgan klip 12 oktabrda 4 mlrd lik sarhadni kechib o‘tdi. Bu esa internetda joylashtirilgan barcha kliplar ichida rekord hisoblanadi.

Bu borada 2-o‘rinni "Forsaj 7" filmiga ishlangan va Wiz Khalifa tomondan ijro etilgan "See You Again" qo‘shig‘i klipi egallamoqda. U 3 mlrd martadan ko‘proq tomosha qilingan. Shuningdek, 2012 yilning xiti bo‘lgan va koreyalik qo‘shiqchi Psy tomondan ijro etilgan "Gangnam Style" qo‘shig‘i klipida ham deyarli 3 mlrdlik namoyish bor.  

Mavzuga oid
Top