O‘zbekiston | 18:19 / 13.10.2017
23246
4 daqiqa o‘qiladi

Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachining dastlabki xulosalari e'lon qilindi

Foto: iheu.org

12 oktabr kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi yakunlanishi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Uning safari yakuni bo‘yicha dastlabki xulosasi tashkilot saytiga joylashtirildi. Uning qisqacha mazmuni bilan quyida tanishish mumkin.

“2017 yil 2-12 oktabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi sifatida O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldim”, deb boshlanadi hujjat. 

U 2002 yildan buyon bu sohada taklif etilgan ilk maxsus ma'ruzachi ekanini qayd etar ekan mamlakat hukumatiga uni taklif qilgani, barcha iltimoslarini qanoatlantirgani, uchrashuvlar tashkil etishda ko‘mak bergani, xususan Jasliq qamoqxonasiga ham borishga amaliy yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan. 

Ahmad Shahid dastlabki xulosalari bilan o‘rtoqlashayotganini bildirib, rasmiy yakuniy hujjat 2018 yil martida Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 37-sessiyasida taqdim etishini ma'lum qildi. 

Uning bildirishicha, BMT Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachi bo‘lishi barobarida u nafaqat diniy ta'qib yoki majburlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Balki bu tushuncha fikr, vijdon, din yoki e'tiqod erkinligi (DEE) keng ma'no kasb etadi. 

Ahmad Shahid o‘z xulosasida dastavval O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni e'tirof etadi. 

Uning ta'kidlashicha, mamlakat hukumati o‘zgartishlar kiritish va xalqaro hamda davlat majburiyatlariga rioya etishga tayyorligini namoyish etmoqda. Mamlakat parlamentining ikkala palatalari kengashlari BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi. 

2017 yil iyun oyida Prezident qamoqda ushlash tartibini qayta ko‘rib chiqdi va kamida 16 ming kishini "qora ro‘yxat" o‘chirishga ko‘rsatma berdi. Parlament va fuqarolarga barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini nazorat qilish imkonini beruvchi "Jamoat nazorati to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan. 

Butun mamlakat bo‘ylab yaqinda tashkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari hukumatning aholi oldida hisob berishini ta'minlash maqsadiga xizmat qiladi. Ta'kidlanishicha, ayni paytgacha (hisobot tayyorlangan vaqt) 1.200.000 ga yaqin ariza va murojaatlar qabul qilingan, ularning 80 foizga yaqini, Hukumat ma'lumotlariga binoan hal qilingan. 

Bundan tashqari, Davlat rahbari ta'lim olish uchun barchaga teng imkoniyat taqdim etish, savodsizlikni yo‘qotish va ta'lim darajasi va sifatini oshirish zarurligini e'tirof etdi. Shu munosabat bilan u Samarqandda Imom al Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilishini e'lon qildi.

Mavzuga oid